IIV: YHXB xodimlari qoidabuzarlik uchun avtomobil raqamini yechib olish huquqiga ega

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishHyundai Elantra avtomobili
Hyundai Elantra avtomobili - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lumotlarga qaraganda, kuzatuv kameralari qoidabuzarlikni qayd etgan taqdirda jarima avtomobilning huquqiy egasida solinadi. Davlat boji 60 kun muddatda to‘lanmagan taqdirda, transport vositasi jarima maydonchasiga olib ketiladi.

TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Keyingi vaqtda o‘zbekistonlik avtoulov egalari orasida YHXB xodimlari tomonidan ruxsat berilmagan joylarda parkovka qilingan avtomobillardan raqamlar yechib olinayotgani eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biriga aylandi.

Videokuzatuv kamerasi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent chorrahalarida kuzatuv kameralari ishga tushirildi
Haydovchilar orasida kimdir YHXB xodimlari bunday qilishga haqli emasligini aytib, ishontirishga urinsa, boshqalar bu fikrga qarshi chiqmoqda. Sputnik muxbiri bu holatga aniqlik kiritishga qaror qildi.

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Zoir Saydialiyevning xabar berishicha, haqiqatan, bugungi kunda avtomobillarning ta’qiqlangan joylarda parkovka qilinishi kunning eng dolzarb mavzularidan biriga aylangan. Ayniqsa, shahar markazida bu holat sodir bo‘lishi, katta muammoga aylanib, oddiy haydovchilar uchun harakatlanishda qiyinchiliklarni va, hatto, avtohalokatlarni  yuzaga keltirmoqda.

"Inspektorlar noto‘g‘ri parkovka qilingan avtomobillardan raqamlarni yechib olish huquqiga ega emas, deb o‘ylaydiganlar yanglishadi. Bugungi kunda ish sxemasi quyidagicha — agar belgilangan qoidalarga zid ravishda parkovka qilingan avtomobil aniqlansa, inspektor guvoh topib, bu huquqbuzarlikni qog‘ozda tasdiqlashi mumkin. Shundan so‘ng, inspektor, avtomobildan raqamni yechib olib, hatto evakuator chaqirib, uni jarima maydonchasiga yuborishi mumkin", — deb ta’kidladi Zoir Saydialiyev.

Suhbatdosh, shuningdek, avtomobil evakuatsiyasi, uning jarima maydoniga joylashtirilishi bilan bog‘liq  sarf-harajatlar avtomobil egasi zimmasida bo‘lishini eslatib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0