TOShKENT, 21-may – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan 21-may kuni Ar-Riyod shahrida bo‘ladigan arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga keldi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.
Ar-Riyodda O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi, oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
Tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev sammitda uchrashishdan tashqari bir necha ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazish rejalashtirilgan. Ular orasida Islom Taraqqiyot Banki prezidenti Bandar Hajar, Saudiya Podshohi va Valiahdi bilan uchrashuvlar bor.
Ushbu uchrashuvlarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.