O‘zbekiston tarixida eng yirik sarmoyaviy loyiha Surxondaryoda amalga oshirilmoqda

© REUTERS / MAXIM ZMEYEVGazprom.
Gazprom. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekneftegaz" va Rossiyaning "Gazprom" kompaniyalari ishtirokida quriladigan gaz-kimyo majmuasi gazni chuqur qayta ishlab, undan podietilen, polipropilen va oltingugurt kabi mahsulotlari ishlab chiqariladi.

TOShKENT, 21-may — Sputnik. Surxondaryo viloyati hududida "O‘zbekneftegaz" va Rossiyaning "Gazprom" kompaniyalari ishtirokida quriladigan gaz-kimyo majmuasiga kiritiladigan investitsiyalar umumiy hajmi 5,8  milliard dollarni tashkil qiladi.

Gazprom - Sputnik O‘zbekiston
"Gazprom" va "O‘zbekneftegaz" Surxondaryoda gazni qayta ishlaydigan zavod quradi

Ushbu loyiha O‘zbekiston tarixida shu kunga qadar amalga oshirilayotgan eng yirik  investitsion loyihadir. Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda, loyihaga yirik moliya institutlari, eksport-kredit agentliklari jalb qilinadi.

"Neft va gaz jurnali" xabariga ko‘ra, quriladigan gaz-kimyo majmuasida gazni chuqur qayta ishlab, undan podietilen, polipropilen va oltingugurt mahsulotlari ishlab chiqariladi. Kelajakda, shuningdek kauchuk, etilenglikol, va polietilenteraftalat kabi mahsulotlar ishlab chiqarish ham rejalashtirilgan.

"Gaz-kimyo sohasi rivojlanishi, o‘z navbatida meditsina, farmatsevtika, avtomobilsozlik, qurilish kabi sohalar rivojlanishiga olib keladi. Undan tashqari ushbu soha rivojlanishi neft-kimyo mahsulotlari asosida ishlab chiqarish, logistika, xalqaro avtomobil va temiryo‘l transporti xizmatlariga ixtisoslashgan xususiy tadbirkorlik rivojlanishi uchun mustahkam poydevor quradi", — deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning aprel oyida Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi davomida, ushbu loyiha bo‘yicha bir qator shartnomalar imzolangan edi. Investorlar konsorsiumiga «Gazpromu» va «Gazprombankka» tegishli bo‘lgan Gas Project Development Central Asia AG va AK «Uzneftegazdobicha» tegishli bo‘lgan ALTMAX HOLDING LTD. Korxonalari kiritildi.

Podrobno.uz xabariga asosan.

Yangiliklar lentasi
0