Toshkentda bolalar modasi festivali o‘tkaziladi

© NUZ.UZNa pokaze mod v Tashkente "Zolotaya osen-2016" dizayneri predstavili kolleksiyu detskoy odejdi "Deti protiv voyni"
Na pokaze mod v Tashkente Zolotaya osen-2016 dizayneri predstavili kolleksiyu detskoy odejdi Deti protiv voyni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Festivalda 2,5 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan yosh modellar tomonidan 60 nafar dizaynerning 42 ta kolleksiyasi namoyish etiladi

TOShKENT, 19-may — Sputnik. 29-may kuni Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan "Bolajonlar — shirintoylar" bolalar moda festivali o‘z ishini boshlaydi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga loyiha tashabbuskorlari.

Toshkent moda haftaligi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent moda haftaligi: olti kunda 956 libos namoyishi

Ushbu festivalda bolalar modasi sohasida faoliyat yuritib kelayotgan mahoratli va yosh dizaynerlar o‘zlarining kichkintoylarga mo‘ljallangan yorqin va qiziqarli liboslar to‘plamlarini namoyish etishadi. Bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan, zamonaviy tendensiya va milliy an’analarimizni o‘zida mujassam etgan rang-barang va bejirim liboslar to‘plamlari keng omma e’tiboriga havola etiladi.

Festival Fashion Industry show, #beyoung for baby, Gala-fashion show dasturlarini o‘z ichiga olib, 1-iyun kunigacha davom etadi.

"Tantana" va "Fashion Lab" bolalar ijodiy studiyalarining yosh modellari, shuningdek, "Kolibri" art-burosi va "Oltin qanot" moda maktabi tarbiyalanuvchilari turfa rangdagi bejirim va nafis liboslarni namoyish qilishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Festivalda 450 dan ortiq libos namunalari namoyish etiladi. Kolleksiyalar tanlovi uch bosqichda o‘tkazildi. Tanlov natijalariga ko‘ra 60 dizaynerning 42 ta liboslar to‘plami saralab olindi. Dizaynerlar kolleksiyasi 2,5 yoshdan 13 yoshgacha  bo‘lgan180 dan ortiq yosh moddellar tomonidan namoyish etiladi.

Videodefile: kattalar va bolalar uchun sharqona liboslar - Sputnik O‘zbekiston
Sharq liboslari kattalar va kichiklar uchun

Festival birinchi qismi — Fashion Industry showda yetakchi mahalliy tikuvchilik korxonalari tomonidan tayyorlangan bolalar uchun mavsumiy to‘plamlar namoyish etiladi. #beyoung for baby defilesida dizayner yo‘nalishidagi oliygohlar talabalari, kollej o‘quvchilari, shuningdek, alohida faoliyat yuritayotgan dizaynerlar tomonidan yaratilgan liboslar namoyish qilinadi.

Gala-fashion show dasturida bolalar modasi sohasidagi barcha o‘zbek dizaynerlarning gala namoyishi o‘tkaziladi. Shundan so‘ng, estrada yulduzlari ishtirokida ajoyib shou konsert bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, festivalga bolalar modasi sohasini rivojlantirish va kelgusida hamkorlik qilishni kengaytirish maqsadida Fransiya tikuvchilik akademiyasi delegatsiyasi taklif qilingan.

Festival yakunida laureatlarni diplomlar va qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

"Bolajonlar — shirintoylar" bolalar moda festivali bolalar liboslari yaratuvchilari va ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida aloqalarni kengaytirish, bolalar modasini rivojlantirishga yordam beradi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0