Toshkent moda haftaligi: olti kunda 956 libos namoyishi

© Press-slujbaToshkent moda haftaligi
Toshkent moda haftaligi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Italiya moda palatasi faxriy prezidenti Mario Bozelli qayd etganidek, bu yilgi moda haftaligi yoqimli surprizlarga to‘la bo‘ldi

TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Bu yilgi Tashkent Fashion Week (TFW)da rekord miqdordagi liboslar namoyish etildi, 12 mamlakat — Eron,  Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Janubiy Koreya, Kuvayt, Qirg‘iziston, Latviya, Polsha, Rossiya, Tojikiston va albatta O‘zbekiston vakillari ishtirok etdilar.

Tashkilotchilar va xorij delegatsiyalari haftalik natijalarini sarhisob qilish uchun Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona binosiga yig‘ildilar.

© Press-slujbaToshkent moda haftaligi
Tashkentskaya nedelya modi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent moda haftaligi

"Bu judayam boy haftalik bo‘ldi. Tayyorgarlik ishlari 11 oy mobaynida olib borildi. Dizaynerlar haftalikda ishtirok etish uchun 2016-yil yanvarida ariza berishni boshlashgandi.

Olti kun davomida omma e’tiboriga 956 dona libos namoyish etildi. Bu Toshkent moda haftaligi uchun rekord miqdor hisoblanadi. Haftalikdagi muhim ahamiyatga ega voqealardan yana biri unda Buxoro kashtachilik maktabi ustalarining ishtiroki bo‘ldi. Shuningdek, bu yil qorako‘l ishlab chiqaruvchilar va qorako‘ldan tayyorlangan mahsulot ishlab chiqaruvchilar ham taklif etildi. O‘zbekistonning jahonga namoyish etadigan mahsulotlari ko‘p, bizda xalqaro sahna va bozorlarga chiqish uchun ulkan salohiyat mavjud", — dedi Osiyo Ramzi O‘zbekiston dizaynerlar assotsiatsiyasi raisi Xolida Komilova.

TFW doirasida to‘qqizta master-klass, oltita mualliflik ko‘rgazmasi, ikkita #beyoung yoshlar defilesi o‘tkazildi. Bundan tashqari, eng iste’dodli 25 nafar mahalliy va xorijiy dizaynerlar ishtirokida Tashkent Fashion Performance gala-namoyishi tashkil etildi. Yakuniy va uzoq kutilgan "Milliy liboslar" shou-festivalida 24 muallif 180 libosdan iborat 20ta kolleksiyani namoyish etdi.

Italiya moda palatasi faxriy prezidenti Mario Bozelli qayd etganidek, bu yilgi moda haftaligi yoqimli surprizlarga to‘la bo‘ldi. Ta’kidlash joizki, Osiyo Ramzi TFWni tashkil etish va o‘tkazish borasida Italiya moda palatasi bilan  besh yildan buyon hamkorlik qilib kelmoqda.

© Press-slujbaToshkent moda haftaligi
Tashkentskaya nedelya modi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent moda haftaligi

O‘zbek dizaynerlari Yevropa bozorida tanilishi uchun nima qilishlari lozim, degan savolga javob berarkan, u "Quyidagi yo‘ldan borish lozim: bu yerga xalqaro bayerlarni (zamonaviy moda eksperlari) taklif etish kerak; afsuski, Italiya bayerlar assotsiatsiyasi rahbari janob Mario Dell Olo men bilan Toshkentga kela olmadi. O‘zbek modasining oldinga siljishida bu navbatdagi bosqich bo‘lishi darkor. Bu yerga professional bayerlar kelishlari kerak. Bundan tashqari, bu yerda qanday ishlar amalga oshirilayotgani haqida jahon jamoatchiligini xabardor qilish uchun xalqaro matbuot qatnashishi muhim. Navbatdagi qadam sifatida esa men sizlarning mahsulotlaringizni 800ga yaqin shou-rum bo‘lgan Milanda namoyish etuvchi agentni topishni maslahat berardim va u mijozlarni o‘zbek modasi bilan tanishtirgan bo‘lardi. Unutmaslik shart bo‘lgan yana bir muhim va asosiy jihat bu – xalqaro bozorda qatnashish juda katta mablag‘ xarajatini talab qilishi", — dedi Mario Bozelli.

Xitoy delegatsiyasi nomidan libos savdosi bo‘yicha Shanxay assotsiatsiyasining marketing ishlari bo‘yicha direktori Chjou Liszuan qatnashdi. U moda haftaligida ishtirok etgan barcha dizaynerlarning iste’dodi va salohiyatini yuqori baholadi.

© Press-slujbaToshkent moda haftaligi
Tashkentskaya nedelya modi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent moda haftaligi

"Toshkent va Shanxay moda hamda ta’lim va madaniyat sohasida xalqaro hamkorlik markaziga aylanadi deb umid qilaman", — dedi Chjou Liszuan.

Tashkilotchilarning aytishlaricha, TFW yakunlariga ko‘ra Xitoy bilan ta’lim sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik loyihasi bo‘yicha ishlashda davom etiladi. Xususan, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati instituti va Xitoydagi oliy o‘quv dargohlaridan biri bilan o‘zaro talaba almashishni joriy etish rejalashtirilmoqda.

Haftalikda ilk marta tojikistonlik dizaynerlar ham ishtirok etishdi. fashion studio IMAMI collection bosh dizayneri Bexruz Imomovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston dizaynerlar assotsiatsiyasi nafaqat O‘zbekiston, balki butun hudud bo‘yicha moda sanoatini rivojlantirish borasida ulkan ishlarni amalga oshirmoqda. Buni Markaziy Osiyo mamlakatlari dizaynerlarining TFWda ishtirok etishlari tasdiqlaydi. Bundan tashqari, delegatsiyasi vakillari tojik va o‘zbek dizaynerlari hamda talabalari o‘rtasida malaka oshirish va tajriba almashish dasturini yaratish masalasini ko‘tardilar. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bazasida shunday loyihani amalga oshirish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlashga kelishib olindi.

© Press-slujbaToshkent moda haftaligi
Tashkentskaya nedelya modi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent moda haftaligi

Shuningdek, mazkur tadbirda ilk marta kuvaytlik dizayner ham qatnashdi. Ushbu mamlakat delegatsiyasi nomidan Rossiyaning Kuvaytdagi elchisining turmush o‘rtog‘i Yelena Solomatina ishtirok etdi.

"Kuvayt mazkur yo‘nalishda ilk qadamlarini tashlamoqda. Shuning uchun bunday tadbirda qatnashish biz uchun juda muhim va qimmatli edi. O‘zbekistonga kelish va mana shunday tadbirda ishtirok etish ikki mamlakatning turli sohalardagi hamkorligi uchun yangi imkoniyatlarni ochish demakdir. Shuni ham unutmaslik lozimki, Fors ko‘rfazi davlatlari eng yirik xaridorlardan biri hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan delegatsiyamiz tashrifi o‘zbek dizaynerlarining o‘z kolleksiyalarini tanitishlari uchun yangi-yangi imkoniyatlar beradi", — dedi Yelena Solomatina.

TFW tashkilotchilarining ta’kidlashlaricha, mazkur moda haftaligi avvalo dizaynerlar uchun, ularning iste’dodlari, ijodiy salohiyati va rivojlanishi uchun tashkil etilgan. Xolida Komilovaning aytishicha, bir oydan so‘ng navbatdagi Toshkent moda haftaligida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilish boshlanadi. Haftalikka barcha xohlovchilar taklif etiladi. 

Yangiliklar lentasi
0