"Orzu layneri" Nyu-Yorkka birinchi parvozini muvaffaqiyatli bajardi

© Stringer SputnikUzbekskie avialinii prinyali v ekspluatatsiyu yeshe odin samolet Boeing 787-8 Dreamliner
Uzbekskie avialinii prinyali v ekspluatatsiyu yeshe odin samolet Boeing 787-8 Dreamliner - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yil 18-may kuni "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy avikompaniyasi Boeing 787 Dreamlinerda Toshkent-Riga-Nyu-York-Toshkent yo‘nalishida birinchi parvozini amalga oshirdi

TOShKENT, 19-may — Sputnik. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 04-40da Toshkent xalqaro aeroportidan havoga ko‘tarilib, belgilangan manzillarga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Torjestvennaya vstrecha novogo Boeing 787 Dreamliner v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Havo yo‘llari Nyu-Yorkka uzluksiz parvozlarini boshlamoqda

Samolyotda 238 nafar yo‘lovchilar bo‘lib, ulardan 59 nafari Rigaga hamda 179 nafari Nyu-Yorkka parvoz qildi.

Yo‘lovchilar yangi Boeing-787 Dreamlinerda mavjud bo‘lgan barcha qulaylik va xizmat ko‘rsatishni yuqori baholashdi.

Eslatib o‘tamiz, milliy aviakompaniya Boeing 787 Dreamliner samolyotidan 2016-yil sentabr oyidan boshlab tijoriy foydalanishni boshladi.

Bugungi kunda "Orzu layneri"lari Dubay, Istanbul, Tel-Aviv, Frankfurt, Moskva, Kuala-Lumpur va Singapur shaharlariga parvozlarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0