TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘zbekiston Havo yo‘llari Boeing 787 Dreamliner samolyotida Toshkentdan Nyu Yorkkacha birinchi uzluksiz parvozni 2017-yilning 27-iyul kuni amalga oshirilishini xabar qildi.
“Toshkentdan Nyu Yorkkacha transatlantik uzluksiz parvozlarni amalga oshirish, bu – O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi rivojlanishining yangi bosqichidir. Boeing 787 Dreamliner uchuvchilari ushbu ahamiyatli va uzoq kutilgan voqeaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Uchuvchi va shturmanlar Londan va Shanxaydagi trenajerlarda tayyorgarlikdan o‘tib, ayni damda kerakli hujjatlar va videomateriallarni o‘rganishmoqda”, — deyilgan kompaniya matbuot xizmati xabarida.
Toshkent – Nyu York yo‘nalishida uzluksiz parvoz 12 soat davom etadi, qaytib Toshkentga uchish – 11 soat. O‘zbekiston Havo yo‘llari haftaga bir marotaba Riga orqali parvozlarni saqlab qoladi.
Ushbu yo‘nalish bo‘yicha birinchi parvoz uchish kompleksi direktori o‘rinbosari Sergey Kim, instruktor uchuvchi LMO I.Zak va uchuvchilar otradi komandiri Asadjona Tursunov ishtirokida amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Boeing 787 Dreamliner samolyotlarida parvozlar o‘tgan yilning sentabr oyida boshlangan edi. Bugungi kunda “Orzu layner”larida Dubay, Deli, Amritsar, Stambul, Tel-Aviv, Seul, Frankfurt, Moskva, Kuala-Lumpur va Singapur shaharlariga parvozlar amalga oshirilmoqda.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.