Kursk vokzalida uch o‘zbek pul talab qilib o‘z yurtdoshini mashina yukxonasiga tiqdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishZdanie Kurskogo vokzala Moskvi
Zdanie Kurskogo vokzala Moskvi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvadagi Kursk vokzalida uch o‘zbekistonlik pul bermagan o‘z yurtdoshini Ford Galaxy mashinasi yukxonasiga tiqishdi

TOShKENT, 19-may — Sputnik. Kursk vokzalida O‘zbekistondan kelgan yigitni pul talab qilishib barchaning ko‘z o‘ngida kaltaklashdi va mashina yukxonasiga tiqishdi, deb xabar berdi IIV matbuot xizmati.

Hibsga olish jarayoni - Sputnik O‘zbekiston
Talonchilik jinoyati bo‘yicha qidiruvdagi shaxslar qo‘lga olindi

"Yiqilib tushdim. Hujjatim yo‘q. O‘zbekistondanman. Lekin hammasi yaxshi, ichmaganman, aqlim joyida", — dedi Paveleskiy maydonida avtoinspektorlar tomonidan Ford Galaxy yukxonasidan chiqarilgan yigit.

Kursk vokzalida yuz bergan hodisa haqida guvohlar politsiyaga zudlik bilan xabar qilishgan, deb xabar qildi "360" telekanali.

Mashina salonida uch nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan. Tezkor ma’lumotlarga qaraganda, ular o‘z yurtdoshlaridan pul talab qilishgan, lekin uning puli bo‘lmagan.

Qo‘lga olinganlarning barchasi vaqtincha qamoqqa olindi, voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0