O‘zbekistondan Ramazon mavsumida 650 kishi umra ziyoratiga boradi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishPalomniki v Mekke
Palomniki v Mekke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yilgi Ramazon mavsumida ziyorat 10 kunni tashkil etadi. "Umra-2017" Ramazon mavsumi ziyoratchilarini kuzatish va kutib olish ishlari 13-iyunidan 29-iyuniga qadar davom etadi

TOShKENT, 19-may — Sputnik. "Umra-2017" Ramazon mavsumida o‘zbekistonlik ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi guruh rahbarlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati.

O‘quv mashg‘ulotlari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorlikda o‘tkazildi.

Seminarda guruh rahbarlariga safarga borib kelgunga qadar bo‘lib o‘tadigan barcha tadbirlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, seminarda ishtirok etgan shifokorlar guruhi a’zosi tomonidan umrachilarga yetkazilishi lozim bo‘lgan tibbiy tavsiyalar to‘g‘risida ham alohida ma’lumotlar berib o‘tildi.

"Haj" va "Umra" tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashining qaror va tavsiyalari bilan tashkil etilgan mazkur mavsum davomida 650 nafar fuqarolarning umra ziyoratiga borishlari rejalashtirilgan.

O‘zbekistonlik ziyoratchilarni Umra safariga olib borish uchun 30ta reys tashkil etiladi

Joriy yilgi Ramazon mavsumida ziyorat 10 kunni tashkil etadi. Ziyoratchilar Madina shahrida 3 kun, Makkada esa 7 kun bo‘ladilar. Ziyoratchilarga mavsum davomida o‘zbekistonlik 4 nafar ishchi guruhi a’zosi, 13 nafar guruh rahbari, 3 nafar shifokor hamda 2 nafar oshpaz xizmat ko‘rsatadi.

Umra ziyoratiga tayyorgarlik doirasida barcha ziyoratchilar mavsumiy kasalliklarga qarshi emlanib, davlat ramzi tushirilgan kamzul va sumkalar bilan ta’minlanadi. Safar oldidan ularga umra safarining mohiyati, uni ado etishga doir masalalar guruh rahbarlari tomonidan tushuntirish ishlari ham olib borildi.

Ziyoratchilarni Toshkent xalqaro aeroportida kuzatish va kutib olish ishlari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi va "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK o‘rtasidagi kelishuvga asosan, "Umra-2017" Ramazon mavsumi ziyoratchilarini kuzatish va kutib olish ishlari 13-iyunidan 29-iyuniga qadar davom etadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0