O‘zbekistonlik ziyoratchilarni Umra safariga olib borish uchun 30ta reys tashkil etiladi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik ziyoratchilar Saudiya Arabistonining Jidda shahriga Boeing-767 havo kemalarida yetkaziladi

TOShKENT, 24 fev — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi 20-fevraldan boshlab "Umra-2017" dasturi doirasida reyslarni amalga oshirishni boshladi, deb xabar beradi Podrobno.uz.

Bu yilgi Umra ziyoratiga 5350 kishi boradi

O‘zbekistonlik ziyoratchilar Saudiya Arabistonining Jidda shahriga Boeing-767 havo kemalarida yetkaziladi.

Bu yil dastur doirasida Toshkent-Jidda-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 30ta reys amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan, 5500 yo‘lovchi tashish rejalashtirilgan.

"Umra-2017" dasturini amalga oshirish maqsadida yo‘lovchilarga barcha sharoit va qulayliklarni yaratish uchun Milliy aviakompaniyaning malakali mutaxassislari jalb etilgan.

"Umra-2017" dasturi 11-aprelgacha davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0