XMT vakili O‘zbekistondagi islohotlar boshqa davlatlarga namuna bo‘lishini aytdi

© kasaba.uzZdanie federatsii profsoyuzov Uzbekistana
Zdanie federatsii profsoyuzov Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha Burosi mehnat inspeksiyasi va mehnat muhofazasi bo‘yicha bosh mutaxassisi Valentin Mokanu bilan uchrashuv va seminar o‘tkazildi

TOShKENT, 19-may — Sputnik. Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha Burosi mehnat inspeksiyasi va mehnat muhofazasi bo‘yicha bosh mutaxassisi Valentin Mokanu O‘zbekistonda bo‘ldi.Bu haqda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tashrif doirasida uch tomonlama hamkorlar bilan uchrashuv va seminar o‘tkazildi.

Jumladan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida V.Mokanu va XMTning O‘zbekistondagi bosh texnik maslahatchisi Anton Xauzen ishtirokidagi uchrashuvda Federatsiya Kengashi Mehnatni muhofaza qilish bo‘limi va tizimdagi mutaxassislar ishtirok etdi.

Kasaba uyushmalari federatsiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Kasaba uyushmalari huquqlari mustahkamlandi

Unda asosiy e’tibor O‘zbekistonda amal qilayotgan Bosh kelishuv asosida qabul qilingan "Mehnat sharoitlari va muhofazasini yaxshilash bo‘yicha harakatlar dasturi" doirasida amalga oshirilgan ishlarga qaratildi.

V.Mokanu uch tomonlama hamkorlik O‘zbekistonda yuqori darajada yo‘lga qo‘yilganini e’tirof etdi. Shuningdek, mehnatni muhofaza qilish sohasida qabul qilingan meyorlar, ularning korxonalarda tatbiq etilishi bo‘yicha olib borilayotgan faoliyat bilan qiziqdi.

Bundan tashqari, ish beruvchilar va xodimlar vakillik organlarining ijtimoiy hamkorlikdagi samarali tizimi, xodimlarga yaratilgan xavfsiz mehnat sharoiti, boshlang‘ich tashkilotlardagi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar faoliyati haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.

Uch tomonlama hamkorlar ishtirokidagi seminarda V.Mokanu mehnatni muhofaza qilish boshqaruv tizimining fundamental prinsiplari, mehnat gigiyenasi va xavfsizligi asoslari, bu masalalarga XMTning strategik munosabati haqida ma’ruzalar qildi.

V.Mokanu O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar boshqa davlatlarga namuna bo‘lishi mumkinligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0