Kasaba uyushmalari huquqlari mustahkamlandi

© kasaba.uzKasaba uyushmalari federatsiyasi
Kasaba uyushmalari federatsiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qonunga kiritilgan qo‘shimchalar xususiy sektorda yollangan ishchilarga kasaba uyushmalari tashkil qilish va ularning ijtimoiy huquqlarini kengroq himoya qilish imkonini beradi.

TOShKENT, 29 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi  qonunga qo‘shimchalar kiritish haqidagi qarorni imzoladi, deb xabar qilmoqda kasaba.uz sahifasi.      

Qonunga kiritilayotgan o‘zgarishlar Oliy majlisning qonunchilik palatasida ma’qullanib, Senatda tasdiqlangan edi. Ular ushbu yilning Oktabr oyida e’lon qilindi va kuchga kirdi.  

Qonunga kiritilgan qo‘shimchalar xalqaro huquq normalari va Xalqaro mehnat tashikloti tavsiyanomalariga ko‘ra qabul qilingan. Xususan, ular tadbirkorlar tadbirkorlar tomonidan yollangan va xususiy sektorda ishlayotgan ishchilar ijtimoiy-mehnat huquqlarini yanada samaraliroq himoya qiladi.

“Qonunda kasaba uyushmalarining ish beruvchilar bilan kollektiv muzokaralar olib borish huquqi hamda mehnat qonunchiligining amalda bajarilishi ustidan jamoat nazorati o‘rnatish huquqi mustahkamlangan”, — deyilgan Kasaba uyushmalari xabarida.

O‘zbekiston ishchilari huquqlari Kasaba Uyushmalari Federatsiyasi tomonidan himoya qilinadi. Federatsiya 14 soha, 14 hudud va 37 ming birlamchi kasaba tashkilotlaridan iborat. Bugungi kunda Kasaba uyushmalariga 6 milliondan ortiq kishi a’zo bo‘lgan.

2015 yilning fevral oyida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Xalqaro Kasaba uyushmalar konfederatsiyasiga a’zo bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0