Buxoro viloyati IIB internetda tarqalgan mish-mishlarga ishonmaslikni so‘radi

© AP Photo / Anvar IlyasovUzbekskiy militsioner
Uzbekskiy militsioner - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda jangari ko‘rinishidagi shaxslar tomonidan IIB YHX xodimiga jismoniy qarshilik ko‘rsatilganligi holati haqidagi videolavhalar internet tarmog‘ida tarqalgan

TOShKENT, 19-may — Sputnik. 2017-yilning 17-may kuni Buxoro shahrining markaziy ko‘chalaridan birida IIB YHX xodimi tomonidan jangari ko‘rinishidagi, qurollangan shaxslar harakatlanib ketayotganligi aniqlanib to‘xtatilganligi hamda ular tomonidan IIB YHX xodimiga jismoniy qarshilik ko‘rsatilganligi holati haqidagi videolavhalar internet tarmog‘ida tarqalib, fuqarolar orasida xavotirga sabab bo‘lgan. Ushbu holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB rasmiy ma’lumot berdi.

Buxoro viloyati hokimligining saytida berilgan ma’lumotga ko‘ra, 2017-yilning 17-may kuni Buxoro shahrining markaziy ko‘chalarida viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan o‘quv-taktik mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

FVV mashg‘ulotlaridan lavha - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston FVV kimyo korxonalarida avariyalarga qarshi mashg‘ulotlar o‘tkazdi

Favqulodda vaziyatlar chog‘ida jangovar-taktik ko‘nikmani shakllantirish, aholining ogohligini oshirish maqsadida tashkil etilgan o‘quv mashg‘uloti jarayonida Vatan posbonlari o‘z mahoratlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazdilar.

Ushbu mashg‘ulot vaqtida Buxoro shahar markazida shartli bo‘lgan shubhali shaxslar harakatlanib kelayotgan avtomashina shu hududda xizmat vazifasini o‘tayotgan IIB YHX xodimining hushorligi tufayli o‘z vaqtida to‘xtatib qolinishi ta’minlandi.

Bundan tashqari, mahalliy aholi IIB xodimini qo‘llab-quvvatlab, ushbu shaxslarning harakatlari xususida o‘z vaqtida IIBning navbatchilik qismiga xabar bergan. So‘ng, shubhali shaxslarni qo‘lga olish tadbiri o‘tkazilib, o‘quv mashg‘uloti tugallangan.

Mazkur tadbir natijasida aholi va huquq-tartibot idoralari xodimlarining ogohligi yuqori ekanligi hamda barcha fuqarolar tinch va osuda hayotimizni qo‘lidan kelganicha himoyalashga tayyor ekanligini namoyon qilishdi.

Shu o‘rinda yana bir mulohaza. O‘quv mashg‘ulotlari chog‘ida ayrim tomoshatalab aholi vakillari tomonidan tushirilgan videolavhalar turli ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, ular turlicha talqin etilayotganligini kuzatish mumkin.

Viloyatimiz aholisidan ushbu asossiz mish-mishlarga e’tibor qilmasliklarini so‘raymiz. Zero, an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan bu kabi o‘quv-taktik mashg‘ulotlar yurtimiz tinchligi hamda aholi osoyishtaligini ta’minlashga xizmat qiladi, deyiladi rasmiy xabarda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0