Tovlamachi militsiya mayori qo‘lga olindi

© Sputnik / Sergey Venyavsky / Mediabankka o‘tishBorba s prestupnostyu
Borba s prestupnostyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Andijon viloyati Paxtaobod tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari jinoiy ish qo‘zg‘atilgan shaxslardan pul evaziga ularni jinoiy javobgarlikdan ozod qilishini bildirib muntazam ravishda pul undirib kelgan

TOShKENT, 19-may — Sputnik. O‘zbekiston maxsus xizmati vakillari tovlamachilikda gumon qilingan ichki ishlar organi mansabdorini qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya o‘tkazdilar, deb ma’lum qildi kuch tizimi vakili Sputnik muxbiriga.

ruki naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Xorazmda tuman hokimi o‘rinbosari pora olgani uchun qamaldi

MXX xodimlari Andijon viloyati Paxtaobod tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari mayor Shuhrat Aysaboyevni ming dollar olayotganida qo‘lga olishdi.

Suhbatdoshning aytishicha, Aysabayev jinoiy ish qo‘zg‘atilgan shaxslardan pul evaziga ularni jinoiy javobgarlikdan ozod qilishini bildirib muntazam ravishda pul talab qilib kelgan.

Masalan, u O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi ("Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish") bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan fuqaro X.J.dan ish bo‘yicha ijobiy qaror chiqarish uchun ming dollar talab qilgan.

Andijon viloyat prokuraturasi Shuhrat Aysaboyevga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Tergov olib borilmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0