Samarqand hokimligi: joriy yilda 30 mingga yaqin bola yozgi oromgohlarda dam olishadi

© Sputnik / Vitaly Timkiv / Mediabankka o‘tishBolalar fontanda cho‘milmoqda
Bolalar fontanda cho‘milmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yilda O‘zbekistondagi 79ta oromgohlarda bolalarni dam oldirish rejalashtirilgan. Har bir oromgohga 550 dan 700 tagacha badiiy adabiyotlar, ertak kitoblar yetkaziladi. Yoshlarda mutolaa madaniyatini shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni uyushtirish tartiblari ishlab chiqilgan

TOShKENT, 19-may — Sputnik. Oromgohlarda tayyorgarlik qizg‘in, deb xabar qildi Samarqand viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi bo‘lim mudiri Akbar Abdusaidov.

Abdusaidovning so‘zlariga ko‘ra, bolalarning yozgi sog‘lomlashtirish mavsumini namunali tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Samarqand viloyat hokimligi hamda kasaba uyushmalari birlashmasi kengashi qo‘shma qarori asosida viloyatdagi yozgi dam olish oromgohlarida bolalar uchun munosib yashash sharoiti yaratish, zarur madaniy-ma’naviy tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha qizg‘in tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Turkmanistondagi Kaspiy dengizi sohili - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston bolalari Turkmanistondagi dengiz sohilida dam olishmoqda
Joriy yilda 24 ta doimiy, 55 ta kunduzgi oromgohda 22 ming 700 nafar bolani dam oldirish rejalashtirilgan. Shuningdek, bolalarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ixtisoslashgan oromgohlar — umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun "Texnik ijodkorlik", "Ekologiya, biologiya va o‘lkashunoslik", "Intellektual rivojlantirish", tarbiyasi og‘ir, ichki ishlar idoralarida ro‘yxatda turuvchi bolalar uchun "Tarbiya va sport sog‘lomlashtirish" hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida tahsil olayotgan o‘quvchilarga "Mehnat va dam oldirish" oromgohlari tashkil etish belgilangan.

Ta’til paytida barcha yozgi oromgohlarga malakali va faol yetakchilarni jalb etish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular uchun turli ko‘ngilochar dasturlar, sport va badiiy tanlovlar uyushtirish, ular bilan ishlash unumdorligini oshirish borasida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Mavsum davomida shahardan tashqari 24 ta oromgohga 626 nafar ishchi-xodimlar — tarbiyachi, yetakchi, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati, ichki ishlar, yong‘in xavfsizligi, tibbiyot xodimlari, sportchi yo‘riqchi, oshpazlar biriktiriladi. Ayni kunlarda ular mutasaddi boshqarmalar va malaka oshirish instituti bilan hamkorlikda tegishli dasturlar asosida o‘qitilmoqda.

Bundan tashqari, tarbiyachi, yetakchi, jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, suzish yo‘riqchisi, musiqa rahbari, kutubxonachi va tibbiyot xodimlarining namunaviy ish rejalari ham tuzilgan.

Deti v detskom sadu - Sputnik O‘zbekiston
Yangi dastur: ota-onalarga - qo‘llanmalar, bolalarga - bog‘chalar
Oshpazlar o‘rtasida tanlov, tarbiyachi, yetakchi, sport yo‘riqchisi, tibbiyot xodimlari ishtirokida amaliy seminar o‘tkazishga hozirlik ko‘rilmoqda.

Har bir oromgohga 550 dan 700 tagacha badiiy adabiyotlar, ertak kitoblar yetkaziladi. Yoshlarda mutolaa madaniyatini shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni uyushtirish tartiblari ishlab chiqildi. "O‘zbekkino" milliy agentligi viloyat bo‘limi ko‘magida bolalar uchun badiiy filmlar va multfilmlar namoyish etish choralari belgilandi.

Viloyat madaniyat, jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari tomonidan barcha oromgohlarda 10-iyundan 10-avgustga qadar teatrlar aktorlari, taniqli san’atkorlar, sportchilar, shoirlar va olimlar bilan uchrashuvlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi. Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi viloyat filiali tomonidan statsionar oromgohlarga sportning futbol, voleybol, basketbol, qo‘l to‘pi, stol tennisi, badminton, shaxmat, shashka, badiiy gimnastika turlariga oid 759 ta inventarlar yetkazib beriladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0