TOShKENT, 19-may — Sputnik. Bekobodda o‘g‘irlik sodir etgan ayol ushlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.
Xabarda o‘zbek xalqida azaldan halollik e’zozlanib kelingani, ammo egri yo‘ldan yurib, belni og‘ritmay oson pul topishni izlayotganlar ham uchrab turishi aytilgan. "Achinarlisi, ular orasida ayollar ham bor".
Hodisa Bekobod tumanida sodir bo‘lgan. 1984-yilda tug‘ilgan Aliya Ruhshodova (ismlari o‘zgartirilgan) hech kim yo‘qligidan foydalanib shu tumanda yashovchi Sodiq Mahmudovning dala hovlisiga kirgan va umumiy narxi 2 million 245 ming so‘m bo‘lgan uy-ro‘zg‘or buyumlarini o‘g‘irlab ketadi.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borgan tezkor chora-tadbirlar natijasida Aliya Ruxshodova ushlangan.
Ayni vaqtda tergov ishlari olib borilmoqda.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.