TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Forbes nashrining ruscha versiyasida Rossiya va MDH mamlakatlaridagi eng yaxshi oromgohlar ro‘yxati e’lon qilindi. Unda Chimon — O‘zbekistonning eng yaxshi oromgohi sifatida e’tirof etilgan.Ro‘yxatdan shuningdek, Qirg‘izistondagi Qorako‘l, Qozog‘istonning Shimbuloq, Ozarbayjonning Shoxdog‘ va Rossiyaning Belokurixa (Oltoy o‘lkasi), Zavyalixa(Chelyabinsk viloyati) va Krasnaya sopka(Kamchatka) tog‘-chang‘i oromgohlari o‘rin olgan.
Gazetada yozilishicha, oromgohning ijobiy tomonlaridan biri, mehmonlar Toshkent shahrini ham bemalol aylanib kelishlari mumkin. Chunki O‘zbekiston poytaxti va oromgoh orasidagi masofa bor-yo‘g‘i 80 kilometrni tashkil qiladi.
Chimonda tog‘-chang‘i mavsumi noyabrdan may oyigacha davom etadi. Chimonda turistlar, sportchilar va dam oluvchilar dekabr—aprel oylarida qishki sport turlari bilan shug‘ullanishadi. Yoz mavsumida esa turli yo‘nalishlarda tog‘ bo‘ylab ekskursiyalar ham uyushtiriladi.