Alisher Usmonov: tuf senga, Aleksey Navalniy

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishMilliarder Alisher Usmonov
Milliarder Alisher Usmonov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelib chiqishi O‘zbekistondan bo‘lgan rossiyalik biznesmen Alisher Usmonov o‘z sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish maqsadida muxolifatchi Aleksey Navalniy ustidan Lyublino sudiga da’vo arizasini bergan edi. Arizasi ko‘rib chiqilishi arafasida milliarder Usmonov Navalniyga video murojaat yo‘lladi

TOShKENT, 18-may — Sputnik. Biznesmen Alisher Usmonov rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyga atab yozgan murojaatida uni yolg‘onchilikda hamda rossiyalik tadbirkor obrazini obro‘sizlantirishga harakat qilishda aybladi.

Alisher Usmanov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov Navalniy ayblovlarini puchga chiqardi
"Bu videomurojaat hozircha sen haqiqatni gapirapsan, deb o‘ylayotgan odamlar uchun. O‘ylaymanki, sening haqiqiy yuzingni oshkor qilish vaqti keldi", — deb aytgan rolikda Usmonov.

Bugun Moskva Lyublino sudi Usmonovning o‘z sha’ni va qadr qimmatini himoya qilish bo‘yicha Aleksey Navalniy ustidan bergan shikoyat arizasini ko‘rib chiqish uchun tayyorgarlik ishlarini boshladi. Biznesmen muxolifatchi tomonidan berilgan bir nechta ayblovlarga raddiya berishni talab qilmoqda. Usmonov, o‘z da’vo arizasida moliyaviy davolarni ilgari surmagan.

Video rolikda Alisher Usmonov Aleksey Navalniy qarata faqat "sen"lab murojaat qilgan va o‘z raqibini nima uchun yaramas deb hisoblashini tushuntirgan.

"Sen men haqimda u Rossiyada soliqlarni to‘lamaydi, deb yolg‘on gapirapsan. Xo‘sh, sen o‘zing qayerda soliqlarni to‘layapsan? Va umuman to‘layapsanmi? Mana men soliqlarni faqat Rossiyada to‘layman. Sen miyasini qotirayotgan odamlar shuni bilishlarini xohlaymanki, men joriy yilda 2,7 mlrd rubl soliq to‘laganim haqida deklaratsiya berganman va 10-yil ichida, agarda kursga o‘giradigan bo‘lsak, sal kam yarim milliard dollar soliq to‘laganman" — deb ta’kidlagan biznesmen.

Shuningdek, Usmonov Navalniyni iqtisodiy atamalarni bilmaslikda ayblagan hamda ko‘chmas mulk va yer mulkchiligi haqidagi adabiyotlarni o‘qi, deya maslahat bergan va o‘zidan kechirim so‘rashni talab qilgan.

"Losha, sen kechirim so‘ragin, iltimos. O‘z manfaating yo‘lida kontekstdan bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan faktlarni yulib olishni bas qil. Senga o‘xshaganlar ikki dunyoda ham meni hamma narsani bepul olgan o‘g‘ri, jinoyatchi sifatida ko‘rsata olmaydi. Chunki men, sendan farqli o‘laroq, qadrdonim, hammasi uchun mehnatim, iqtidorim va halolligim bilan haq to‘laganman. Va shu bois baribir meni oldimda hammasi uchun javob berishingga to‘g‘ri keladi, Losha. Mana shu videoni tomosha qilayotgan odamlar, men, Alisher Usmonov halol tadbirkor, halol inson ekanligimni bilishlari men uchun juda muhim. Senga o‘xshaganlarning maqsadi esa, Aleksey Navalniy, — qo‘lidan o‘g‘irlikdan boshqa hech narsa kelmaydigan Rossiya tadbirkori obrazini yaratishdir. Va bu ham yolg‘on. Sening meni ustimdan mag‘zava ag‘darish uchun chiranishlaring esa — Moskaning filga akillashidan boshqa hech narsamas. Tuf senga, Aleksey Navalniy!", — deya o‘z videomurojaatini mana shunday emotsional nuqtada tugatgan Alisher Usmonov.

Eslatib o‘tamiz, Lyublino tuman sudi Alisher Usmonov tomonidan berilgan da’vo arizasini joriy yilning 30-may kuni ko‘rib chiqishni belgilagan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0