O‘zbekistonda "mobil qullik"ka barham beriladi

© pixabayMobilniy telefon
Mobilniy telefon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning istalgan uyali aloqa kompaniyasi abonenti boshqa kompaniyaga o‘z telefon raqamini saqlab qolgan holda o‘tishi mumkin bo‘ladi

TOShKENT, 18-may — Sputnik. O‘zbekistonda yil oxiriga qadar "mobil qullik" deb ataluvchi holatga barham berilishi mumkin, deb xabar bermoqda "Podrobno.uz" "O‘zbektelekom" AK bosh direktori Shuhrat Qodirovning so‘zlariga asoslanib.

Uning aytishicha, keyingi uch-to‘rt oy davomida bozordagi asosiy kompaniyalar darajasida bu mavzuning muhokama qilinishi faollashgan.

"Biz so‘nggi 3-4 oy davomida regulyator miqyosida ishlamoqdamiz, mazkur jarayonning qonunlari, texnik imkoniyatlarini o‘rganmoqdamiz. Hozirda mobil operatorlarning rahbarlari va vakillari bilan uchrashuvlar tez-tez o‘tkazilmoqda, bu mavzu oxirgi paytda juda faollashgan va bu borada jiddiy ishlamoqdamiz. Yarim yildan bir yilgacha vaqt ichida bu amalga oshishi mumkin", deb ta’kidladi Qodirov.

Zvonok po molnomu telefonu - Sputnik O‘zbekiston
Mobil aloqa uchun to‘lov milliy valyutada hisoblanadigan bo‘ladi

"Mobil qullik"ning bekor qilinishi O‘zbekistonning istalgan uyali aloqa kompaniyasi abonenti boshqa kompaniyaga o‘z telefon raqamini saqlab qolgan holda o‘tishi mumkinligini nazarda tutadi. Ya’ni abonent bir kompaniyadan olingan telefon raqami bilan boshqa kompaniya abonentiga aylanishi mumkin bo‘ladi.

Afsuski, "O‘zbektelekom" rahbari bu xizmat pullik yoki bepulligi hamda agar pullik bo‘lsa, qancha turishi haqida ma’lum qilmadi. Biroq Shuhrat Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, "mobil qullik"ni bekor qilish haqidagi ma’lumot tez orada taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, bu yil Joriy yilda O‘zbekistonda mobil aloqa abonentlari soni 21,4 mln nafardan oshdi. Mamlakat hududlarini mobil aloqa bilan keng qamrab olish uchun 2017-yil apreligacha 18,3 mingdan ortiq mobil aloqa stansiyalari o‘rnatildi. Yil davomida bu ko‘rsatkich 20 mingdan oshadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0