TOShKENT, 25 apr — Sputnik. 2017-yil oxiriga qadar mobil aloqa va internet xizmatlari uchun to‘lov milliy valyutada hisoblanishini ta’minlovchi qaror ishlab chiqariladi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Umidjon A’lamovga tayanib "Podrobno.uz" xabar bermoqda.
"Bizga fuqarolardan mobil aloqa va internet xizmatlari uchun to‘lov nima uchun shartli birliklarda to‘lanishi borasida ko‘plab murojaat va savollar kelib tushmoqda", degan vazir o‘rinbosari bugun bo‘lib o‘tgan Usenet 2017 xalqaro digital-konferensiyada.
Usenet 2017 konferensiyasi davomida tashkil etilgan davra suhbatida 2017-2021 yillarda keng polosali mobil aloqani rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Muhokamalarda Umidjon A’lamov bilan birgalikda Beelinening O‘zbekistondagi rahbari Dmitriy Shukov va Ledokol Group rahbari Dilshod Muzaffarov ishtirok etdi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.