Vazir: Toshkent metrosida internet paydo bo‘lishiga terrorchilar xalal bermoqda

Obuna bo‘lish
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatovning aytishicha, bugungi kunda metropolitenda aloqa va internetning mavjud bo‘lishi zamon talabi va ehtiyojidir

TOShKENT, 18-may — Sputnik. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatov poytaxt metrosida uyali aloqa va internet yo‘lga qo‘yilishi borasida izoh berdi. Bu haqda "Podrobno.uz" xabar qilmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, har safar ushbu masala ko‘tarilib, aniq qadamlar tashlangan vaqtda jahonda terrorchilik harakatlari yuz beradi.

O‘zbekistonda internet tezligi yanada oshadi

"Va shu zahoti fuqarolar xavfsizligi masalasi o‘rtaga chiqadi, chunki portlovchi qurilmalar masofadan turib mobil telefon orqali harakatga keltiriladi. Lekin bu bizda metroda hech qachon aloqa paydo bo‘lmaydi degani emas", — degan vazir.

U ushbu yo‘nalishda metropoliten rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazilayotganini ta’kidladi. Shermatovning fikricha, bugungi kunda metropolitenda aloqa va internetning mavjud bo‘lishi zamon talabi va ehtiyojidir. "O‘zbektelekom" kompaniyasi Toshkent metropoliteni rahbariyati bilan bu loyihani muhokama qilmoqda.

Shermatov yaqin vaqtlarda mazkur rejalar amalga oshishiga umid bildirdi. Lekin bu borada aniq muddatni aytmadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0