Jamiyat

Oʻzbekistonda internet tezligi yanada oshadi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekistonda internet tezligini oshirish boʻyicha yangi loyihalar amalga oshirilmoqda

TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Oʻzbekistonda internet ulanish tezligi 2017 yilda oʻtgan yilgiga nisbatan ikki baravarga oshdi, lekin bu foydalanuvchilarning jadal oʻsib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli emas, deb aytildi Toshkentdagi Xalqaro matbuot klubida boʻlib oʻtgan yigʻilishda.

Snizilis tsenы na internet - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda internet xizmati narxi yana arzonlashdi

Oʻzbekistonda axborot hamjamiyatining holati va rivojlantirish istiqbollariga bagʻishlangan matbuot anjumanida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov va "Oʻzbektelekom" bosh direktori Shuhrat Qodirov ishtirok etdi.

Maʼlumotlarga koʻra, 2016 yilda provayderlar uchun umumiy internet ulanish tezligi 26,3 Gbit/soniyani tashkil etgan, 2017 yilda esa 65,7 Gbit/soniyaga yetgan.

Lekin foydalanuvchilar uchun bu tezlik yetarli emasligi bois tashqi kanallarga chiqish tezligini 200 Gbit/soniyaga yetkazish boʻyicha loyihalar amalga oshirilmoqda.

Keyingi toʻrt yil davomida internet provayderlar uchun ulanish narxlari 1 Mbit/soniya uchun 422 dollardan 67,85 dollargacha tushirildi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0