Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga tashrifi davomida qator hujjatlar imzolanadi

© Gosudarstvennoe informatsionnoe agentstvo TurkmenistanaPrezidenti Uzbekistana i Turkmenistana - Shavkat Mirziyoyev i Gurbanguli Berdimuxamedov
Prezidenti Uzbekistana i Turkmenistana - Shavkat Mirziyoyev i Gurbanguli Berdimuxamedov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashrif doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida o‘zaro manfaatli tijorat shartnoma va bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

TOShKENT, 18-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan shu yilning 19-20 may kunlari amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

Amudaryo orqali o‘tgan yangi ko‘prik - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Turkmaniston rahbarlari Amudaryo orqali o‘tgan ko‘prikni ochishdi

Ushbu tashrifda ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikka doir dolzarb masalalar muhokama qilinadi, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashiladi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Orol fojiasidan eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlaridan kelgan bir guruh bolalar dam olayotgan "Avaza" milliy sayyohlik zonasiga ham tashrif buyuradi.

Davlat rahbarlarining muzokaralari yakunida turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan hukumatlararo, idoralararo va boshqa qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan. Tashrif doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida o‘zaro manfaatli tijorat shartnoma va bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti joriy yil 6-7 mart kunlari Turkmanistonga davlat tashrifini amalga oshirgan hamda oliy darajadagi O‘zbekiston — Turkmaniston muloqoti bo‘lib o‘tgandi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0