TOSHKENT, 7 mar — Sputnik. Oʻzbekiston va Turkmaniston prezidentlari ikki mamlakatni birlashtiruvchi avtomobil koʻprigi ochilish marosimida ishtirok etishdi, deb xabar beradi "Turmenistan bugun" agentligi.
Koʻprikning toʻrt boʻlakli harakatlanish qismining eni 21,5 metrni tashkil etadi. Koʻprikning har ikki tomonida eni 1,5 metrli piyodalar yoʻlaklari joylashgan. Koʻprikka zamonaviy matakril polimer qoplamasi yotqizilgan boʻlib, bu qoplama mustahkam, uzoq muddat xizmat qiluvchi, ultrabinafsha nurlariga chidamli, shu bilan birgan asfaltbetonga nisbatan yengil hisoblanadi.
Avtomobil koʻprigiga nafaqat Turkmanoboddan, balki Sardorobod tumanidagi yangi avtomagistral orqali ham kelish mumkin. Bu yoʻl orqali koʻptonnali yuk mashinalari maʼmuriy markazga kirmasdan, shahar koʻchalaridagi harakatga xalal bermasdan toʻgʻri Turkmanobod-Forob avtomobil koʻprigiga yoʻl olishi mumkin.
Gurbanguli Berdimuhammedov va Shavkat Mirziyoyevlar koʻpriklardagi transportlar qatnovi harakatini kuzatdilar. Ikki davlatni bogʻlovchi temir yoʻl koʻprigi orqali Oʻzbekistondan poyezd yoʻlga chiqqan boʻlsa, ikkinchi koʻprikdan turkman karbamidi, tekstili va boshqa mahsulotlari ortilgan yuk mashinalari Oʻzbekiston tomon yoʻl oldi.