Toshkentda avtobuslar tungi 12gacha yuradigan bo‘ladi

© Sputnik / Aleksey Babushkin / Mediabankka o‘tishNa odnoy iz ulis goroda Tashkenta
Na odnoy iz ulis goroda Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Toshshahartransxizmat" AJ raisi shahar yo‘lovchi transportining ishini yanada yaxshilash, boshqaruv va ish olib borish tizimini tubdan o‘zgartirish, sohani rivojlantirish bo‘yicha asoslangan takliflar kiritish bo‘yicha korxona rahbarlariga 10 kun muddat bergan

"Toshshahartransxizmat" AJ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, aholidan kelib tushayotgan ariza va shikoyatlardan kelib chiqib, avtobuslarning ertalab soat 4 yarimdan tungi soat 12gacha ishlashi ta’minlanadi.

Bu haqda jamiyat boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi X. Xalmatov raisligida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda aytilgan.

Gorodskoy transport v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent avtobuslarida elektron to‘lov tizimi joriy etiladi

Xabarga ko‘ra, yig‘ilishda yo‘lovchi tashish transportida xavfsizlikni ta’minlash, aholining yo‘lovchi tashishga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish, yo‘nalishlarda avtobuslar muntazamligini ta’minlash, nosoz avtobuslarni zudlik bilan ta’mirlash va ulardan yo‘lovchi tashishda samarali foydalanish va boshqa qator vazifalar belgilab olingan.

X.Xalmatov yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish hamda shahar yo‘lovchi transportining ishini yanada yaxshilash, boshqaruv va ish olib borish tizimini tubdan o‘zgartirish, sohani rivojlantirish bo‘yicha asoslangan takliflar kiritish bo‘yicha korxona rahbarlariga 10 kun muddat bergan.

"Mazkur vaqt ichida o‘ziga yuklatilgan vazifalarni uddalay olmagan korxona rahbarining egallab turgan lavozimiga loyiqlik masalasi ko‘rib chiqilishi ta’kidlab o‘tildi", deyiladi xabarda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0