Toshkent avtobuslarida elektron to‘lov tizimi joriy etiladi

© Sputnik / StringerGorodskoy transport v Tashkente
Gorodskoy transport v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kartochkalar tranzit tizim orqali to‘ldirilishi, to‘lovlarni ham onlayn, ham oflayn rejimlarda amalga oshirish mumkin

TOShKENT, 8 apr — Sputnik. "Mikroelektronika Plyus" MChJ va VIA TASHKENT MChJ o‘zaro hamkorlikda yo‘lovchi transport tizimida yo‘l haqi tizimini avtomatlashtirish uchun milliy qurilma dasturiy kompleksini ishlab chiqdi. Bu haqda "Kun.uz" ma’lum qilmoqda.

"Mikroelektronika Plyus" MChJ direktori S.Rahimbekovning aytishicha, dasturiy ta’minot mahalliy mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan hamda rus va o‘zbek tillarida ishlaydi.

Kartochkalar tranzit tizim orqali to‘ldirilishi, to‘lovlarni ham onlayn, ham oflayn rejimlarda amalga oshirish mumkin. Bundan tashqari, mobil qurilmalar uchun ham maxsus dastur joriy etilib, to‘lovlarni smartfondan foydalangan holda amalga oshirish imkoni mavjud.

© Kun.uzTransport kartasi
Transportnaya karta - Sputnik O‘zbekiston
Transport kartasi

Juma kuni mazkur elektron to‘lov tizimi Toshkent shahridagi 155-sonli avtobus yo‘nalishida (Gulobod ko‘chasi-Baxt ko‘li) sinovdan o‘tkazildi.

Sinovlar tugagach, tizim yo‘nalishning barcha avtobuslarida yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0