TOShKENT, 17-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017-2026-yillarda Navoiy kon-metallurgiya kombinati rivojlantirish dasturlari ishlab chiqildi.
Unga muvofiq, 2026-yilgacha 3 milliard 63 million dollarlik 27 loyiha amalga oshiriladi, deb xabar qiladi "Jahon" AA.
Natijada kombinatda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 30 foizga ortib, 31 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi.
Bugungi kunda Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahondagi oltin va uran ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar o‘nligiga kiradi. Hozirda kombinatda 60 mingga yaqin kishi mehnat qilmoqda.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.