TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekistondagi Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati 2027-yilga kelib oltinchi oltin konini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Undan yiliga 3 million tonna ruda qazib olinadi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Julibekovning so‘zlariga ko‘ra, yangi zavodda yiliga 3 million tonna ruda qayta ishlanadi.
Julibekov, shuningdek, mart oyida Navoiy kon-metallurgiya kombinati Auminzo-Amantoy oltin konlari negizida 5-gidrometallurgiya zavodi qurilishi boshlanganini eslatib o‘tdi. Umumiy qiymati 396 million dollar bo‘lgan ushbu loyiha yiliga 5 million tonna rudani qayta ishlash imkonini beradi. Ushbu zavod 2021-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
"2017-2026 yillarda kombinatda 27ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Qiymati 3 milliard dollardan ortiq bo‘lgan mazkur loyihalar natijasida kombinatning ishlab-chiqarish quvvati 30 foizga ortadi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.