TOShKENT, 17-may — Sputnik. O‘zbekistonda o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari o‘quv xonalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament tasdiqlandi.
Hujjatga ko‘ra, o‘quv muassasalaridagi xona harorati sovuq davrda 18 darajadan past bo‘lmasligi va issiq davrda 27 darajadan baland bo‘lmasligi lozim.
Barcha o‘quv binolariga avtomatik yong‘indan ogohlantirish tizimi o‘rnatilishi shart (avtomat yong‘in o‘chirish tizimi mavjud binolardan tashqari).
Ushbu reglament auditoriyalar, laboratoriya kabinetlari, mashg‘ulotlar xonalari, kutubxonalar o‘quv zallari, axborot-resurs markazlari kompyuter zallari va sport zallari uchun taalluqli bo‘lib, 6 oydan so‘ng kuchga kiradi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.