TOShKENT, 12-may — Sputnik. Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasida bo‘lib o‘tgan brifingda poytaxt IIBB qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i Bekmurod Abdullayev ma’lum qildi.
Hozirgi vaqtda poytaxtdagi maktab va maktabgacha muassasalarning tashvish tugmalari bilan ta’minlanishi 70 %ga yetgan. Yil oxiriga qadar ushbu ko‘rsatkichni 100 %ga yetkazish rejalashtirilgan, deb xabar beradi NUZ.UZ.
So‘ngra tibbiyot muassasalari — kasalxonalar, poliklinikalar ogohlantirish tugmalari va videokuzatuv tizimi bilan jihozlanadi. Ushbu muassasalarning ogohlantirish tugmalari va videokuzatuv tizimi bilan jihozlanishi Toshkent ShIBB tomonidan poytaxt hokimiyati bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.