TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Oʻzbekistonda 2021 yilga qadar neft-gaz tarmogʻida 30,4 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan, deb maʼlum qilindi "Oʻzbekneftegaz" milliy xolding kompaniyasi tomonidan.
"2016-2020 yillarda uglevodorod xom ashyosini chuqur qayta ishlash negizida eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha umumiy qiymati 30,4 milliard dollarlik dastur amalga oshirilmoqda", — deb xabar qilinadi Toshkentda ochilgan Global Oil&Gas Uzbekistan-2017 xalqaro koʻrgazmasiga bagʻishlangan xolding xabarnomasida.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan ushbu dastur oʻz ichiga nef-tgaz tarmogʻini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan takomillashtirishga qaratilgan 78ta loyihani oʻz ichiga oladi.
Surxondaryo viloyatida gaz qonlarini razvedka qilish va ularni qazib chiqarish boʻyicha "Oʻzbekiston mustaqilligining 25 yilligi" gazni qayta ishlash majmuasini barpo etish, Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi qoshida sintetik yoqilgʻi ishlab chiqarish, Qashqadaryo viloyatida olefin ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, Jizzax viloyatida neftni qayta ishlash boʻyicha yangi zavodni ishga tushirish kabi loyihalar bu boradagi yirik loyihalar qatoriga kiradi.
"Ushbu loyihalarni amalga oshirish natijasida 15 turdagi yangi mahsulot (polivinilxlorid, ABS-plastik, sintetik kauchuk, aromatik uglevodorodlar, superabsorbent) ishlab chiqish rejalashtirilgan", — deb xabar bermoqda RIA Novosti "Oʻzbekneftegaz" maʼlumotiga asosan.
"Oʻzbekneftegaz" MXK maʼlumotiga koʻra, 1991-2016 yillar davomida neft-gaz tarmogʻiga 30,7 mlrd dollarlik investitsiya kiritilgan boʻlib, xususan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya va kreditlar 17 mlrd dollardan ortiqni tashkil qiladi. "Oʻzbekneftegaz" MXKda mavjud quvvatlar yiliga qariyb 70 mlrd kub metr tabiiy gaz va 8 mln tonna suyuq uglevodorodlarni qazib chiqarishga imkon beradi.
Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.