Jizzaxda neftni qayta ishlash majmuasi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishNefteperabativayushiy zavod
Nefteperabativayushiy zavod - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Majmuaning ishga tushirilishi 2 mingdan ziyod, iqtisodiyotga aloqador va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida qo‘shimcha 14 mingdan ortiq kishining bandligini ta’minlashga xizmat qiladi

TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Zafarobod tumanining "Chimqo‘rg‘on" qishloq fuqarolar yig‘ini hududida Jizzax neftni qayta ishlash majmuasi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali xabar bermoqda.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vo vremya vizita v Surxandarinskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston
Prezident rejalar ijrosi bilan tanishish maqsadida Jizzax viloyatiga keldi

Energetika sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarga muvofiq, Jizzax viloyatida zamonaviy neftni qayta ishlash kompleksi barpo etiladi. Qiymati 2,2 milliard dollar bo‘lgan loyiha yiliga 5 million tonna neft xomashosini qayta ishlash imkonini beradi.

O‘zbekiston prezidentining Qozog‘iston va Rossiyaga davlat tashriflarida olib borilgan samarali muzokaralar natijasida majmua uchun xomashyo yaqinda barpo etiladigan neft quvuri orqali yetkazib kelinadi. Bu energiya resurslarini yetkazish xarajatlarini keskin kamaytiradi va loyihaning iqtisodiy samaradorligini oshiradi. Majmuaning geografik joylashuvi ishlab chiqarilgan mahsulotni mamlakatning barcha hududlariga va eksportga minimal xarajatlar bilan yetkazish imkoniyatini ta’minlaydi.

Dobicha nefti - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekistonga bojsiz neft yetkazib berishi mumkin

Zavodda uglevodorod xomashosini chuqur qayta ishlash bo‘yicha eng zamonaviy, ekologik va energetik jihatdan samarador texnologiyalar o‘rnatiladi. Ular asosida jahon standartlariga javob beradigan motor va aviatsiya yoqilg‘isi, benzol, mazut, bitum va boshqa neft mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Majmuaning ishga tushirilishi 2 mingdan ziyod, iqtisodiyotga aloqador va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida qo‘shimcha 14 mingdan ortiq kishining bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Marosimda Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi hamda majmuaga tantanali ravishda tamal toshi qo‘yildi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0