O‘zbekistonda internet xizmati narxi yana arzonlashdi

© uztelecom.uzSnizilis seni na internet
Snizilis seni na internet - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu yil tarif narxlari yettinchi marta tushirilmoqda

TOShKENT, 1 apr — Sputnik. O‘zbekistonda 2017-yilning 30-martidan boshlab internet provayderlar uchun xizmatlar haqi 1 Mbit/s uchun 76,48 dollarga tushirildi. Bu haqda "O‘zbektelekom" AJ ma’lum qildi.

O‘zbekistonda internet xizmati narxi yil boshidan buyon oltinchi bor arzonlashdi

Bu yil tarif narxlari yettinchi marta tushirilmoqda.

Tariflar 2017-yil 1-yanvardan 1 Mbit/s uchun $91,07, 6-yanvardan $87,14, 10-yanvardan $86,85, 2-fevraldan $86,11, 16-fevraldan $80,94ga tushirilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilda tariflar o‘n ikki marta arzonlashgan. 2016-yil yanvar oyidan dekabr oyigacha narxlar 1 Mbit/s uchun $156,24dan $91,50gacha tushirilgan.

Yangiliklar lentasi
0