Avtobusga oylik chipta xarid qilganlar mashina yoki xonadon yutib olishi mumkin bo‘ladi

Obuna bo‘lish
Oylik chipta egalariga mikroto‘lqinli pech, televizor, muzlatgich, Matiz, Nexia-3, Malibu, Captiva avtomobillari, ko‘p qavatli uylardan ikki xonali xonadonni yutuq sifatida berish taklifi ilgari surilmoqda

TOShKENT, 17-may — Sputnik. "Toshshahartransxizmat" AJ boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi X. Xalmatov oylik yo‘l chiptalarini ommalashtirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar belgilab berdi. Bu haqda jamiyat matbuot xizmati xabar bermoqda.

Na odnoy iz ulis goroda Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda avtobuslar tungi 12gacha yuradigan bo‘ladi

Xabarga ko‘ra, X. Xalmatov boshqaruv raisining moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari M. Valiyevga va "Toshyo‘lovchitransxizmat" UK direktori A. Kadirovga tegishli idoralar bilan kelishgan holda va qonun doirasida yo‘lovchilarning oylik yo‘l chiptasidan foydalanishlarini ommalashtirish, oylik yo‘l chiptalarining sotilishini ko‘paytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishni topshirgan.

Unga ko‘ra, har 10 minginchi oylik yo‘l chiptasi egasiga mikroto‘lqinli pech, 30 minginchiga — televizor, 50 minginchiga — muzlatgich, 100 minginchiga — Matiz, 150 minginchiga — Nexia-3, 200 minginchiga — Malibu, 300 minginchiga — Captiva avtomobillari, 500 minginchiga — ko‘p qavatli uylardan ikki xonali xonadon yutuq sifatida berilishi ko‘zda tutilgan.

X.Xalmatov bu aholini moddiy rag‘batlantirishga jamiyatning hissasi ham qo‘shilishini, ularni shahar yo‘lovchi transportidan foydalanishga yanada undashini ta’kidlagan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0