TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Bugun Internet tugʻilgan kuni, 1991 yilning 17 mayida WWW standarti (Word Wide Web) – yagona xalqaro standart deb tan olingan. Albatta, oʻsha vaqtda Internetning insoniyat hayotini qay darajada oʻzgartirib yuborishini hech kim tasavvur ham qila olmagan…
Yevropa yadroviy izlanishlar kengashi olimi Tim Bernes-Li bir necha yil davomida oʻsha vaqtda mavjud kompyuterlar orasida aloqa qilish protokollarini birlashtirib, yagona tizim yaratiadi. Aynan Tim Berns bugungi Internetning uchta ustuni: HTTP — maʼlumot almashish protokoli, URI, URL – veb saytlar adresi identifikatori hamda HTML – sayt yasash dasturlash tilini oʻylab topgan.
AQShda 1961 yilda paydo boʻlgan birinchi kompyuter tarmogʻi — ARPANET, harbiy maqsadlar yoʻlida yaratilgan boʻlib, u mamlakatning turli shatatlarida joylashgan Mudofaa vazirligi kompyuterlarini biri biri bilan bogʻlab turgan. Keyinchalik ushbu tarmoqqa NATO tarkibiga kiruvchi boshqa mamlakatlar ham qoʻshilgan.
ARPANET — tarmogʻining asosiy xususiyati – har bir kompyuter bir-biri bilan bir necha ulash markazlari (server) orqali bogʻlangan boʻlib, tarmoqning hatto yarmi kompyuterlari ishdan chiqsa ham, kompyuterlar oʻzaro aloqani yoʻqotmagan. (Sovuq urush yillarida, harbiylar har daqiqada yadro hujumi boshlanishiga tayyor boʻlishga harakat qilishgan)
Internetning aynan shu xususiyati tufayli, biror sahifani bugungi kunda ham toʻliq blokirovka qilish oson emas.
Web (ingliz tilida) — oʻrgimchak uyasi degani. Haqiqatdan ham, bugungi kunda Internet butun dunyoni minglab iplar bilan chulgʻab olgan oʻrgimchak uyasini eslatadi. Dunyo aholising yarmidan koʻpi, 3,7 mlrdi undan foydalanadi. Internetning 50 % foydalanuvchilari — Osiyo qitʼasida joylashgan, Yevropada —17 %, Lotin amerikasida – 10 %, Afrikada 9,3%, Shimoliy amerikada – 8,5 %, Yaqin Sharqda – 3,8 % va Avstraliyada – 0,7.
Dunyondagi internet serverlarning 41 % — AQSH hududida joylashgan. Internetda chop etiladigan maʼlumotlarning 51 % — ingliz tilida. Rus tili – internetning eng tez oʻsib borayotgan tili hisoblanadi.
2016 yilgi statistika maʼlumotlariga koʻra, Oʻzebkistonda Internet foydalanuvchilari soni 15,5 mln kishini tashkil qiladi va har yili oʻrtacha 6 %ga oʻsib bormoqda. Ushbu koʻrsatgich boʻyicha Oʻzbekiston dunyoda 37 oʻrinda, MDH mamalkatlari orasida Rossiya va Ukrainadan keyin uchinchi oʻrinda.
Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.