O‘zbekistonda internet nashrlari pullik bo‘lgani yaxshidir...

© Sputnik / collage/Vladimir TrefilovSerfing na planshete
Serfing na planshete - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mushtariy, o‘ziga yoqqan nashrga obuna bo‘lib, sifatli maqolalarni reklamasiz o‘qigani ma’qulmi, yoki boshqa saytlardan ko‘chirib olingan, arzigan-arzimagan xabarlarni, o‘nlab reklama bannerlari orasidan topib o‘qigani ma’qulmi?

TOShKENT, 4-may — Sputnik. Bugungi kunda O‘zbekistonda  bir necha o‘nlab internet nashrlari  faoliyat yuritib kelmoqda. Ularda bor-yo‘g‘i 3-4 kishi ishlasa-da,  bir kunda yuzlab maqolalar chop etishi mumkin.  Qanday qilib deysizmi?

Polzovatel chitayet novosti na portale Sputnik Litva - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda eng faol internet foydalanuvchilari kimlar?

Bu juda oson, internetni kavlashtirib, ko‘ziga yoqqan hamma narsani ko‘chirib olaverish kerak. Mualliflik  huquqlari, nashrning o‘ziga xosligi, jurnalist nigohi va — vijon kabi "arzimagan" tushunchalar unutib qo‘yilsa bo‘ldi.   

Aynan shu sababli bugun O‘zbekistonda qaysi internet nashrini o‘qishning umuman farqi qolmadi. Hamma joyda bir xil sarlavha, bir xil ibora va bir xil fotosuratlar. O‘zi material tayyorlaydigan, muhim voqealar bo‘layotgan joylarga o‘z muxbirlarini yuborayotgan nashrlar sanoqli.

O‘zbekistondagi aksariyat internet-OAVlarida na o‘ziga xoslik, na tahririyat siyosati  seziladi. Ular nima ish qilayotganini o‘zlari ham tushunmasa kerak.

Bularning hammasi bir kun kelib talabchan o‘quvchining joniga tegadi va  u onlayn nashrlardan butunlay voz kechib, ijtimoiy tarmoqlar yoki messenjerlarga o‘tib ketishi mumkin.

Vaholanki, dunyoning rivojlangan mamlakatlarida o‘ziga ishongan va layoqatli mushtariylarga ega bo‘lgan OAVlar, reklama va ko‘chirilgan xabarlardan to‘liq voz kechib, pullik obunaga tizimiga o‘tmoqda. Bu chop etilayotgan maqolalar sifatiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ular "Klik" jamlashga qaratilgan, "musor" xabarlardan voz kechib, faqat sifatli va qiziq maqolalar tayyorlamoqda.

Smartfonda yangiliklar bilan tanishish - Sputnik O‘zbekiston
Tv, radio, internet - O‘zbekiston aholisiga qay biri qiziq?

Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda AQShda 600 ta pullik nashr, Yevropada 100ga yaqin va Rossiyada 10dan ortiq ana shunday nashrlar bor. Ayrim OAVlar yangiliklar bo‘limini bepul qoldirib, tahliliy maqolalar, intervyu va reportajlar bo‘limini pullik qilishgan.

Times, Financial Times, Le Figaro, The Wall Street Journal, Newsday kabi dunyoning eng ommaviy nashrlarini o‘qish — pullik obuna asosida amalga oshiriladi. Rossiyada ham pullik nashrlar soni kun sayin ortib bormoqda: Vedomosti, Avtorevyu, Dojd, Snob kabi nashrlar bugungi kunda obuna taklif qilmoqda.

Yana bir fakt, MDH mamlakatlarida ham foydalanuvchilarning mualliflik huquqlariga bo‘lgan hurmati kun sayin ortib bormoqda. Litsenziyasiz mahsulotdan foydalanish imkoni bo‘lganlar, ham bunday qilmayapti. Masalan, 10-15 yil avval Rossiyada hamma litsenziyasiz kinolarni tomosha qilar va noqonuniy sotib olingan o‘yinlar va dasturlar har bir kompyuterga o‘rnatilgan edi. Bugun kompyuter o‘yinlari va dasturlarning o‘rtacha 60% litsenziyalangan. OAV sohasida esa, birovning maqolasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirib qo‘yish tajribasi — umuman yo‘q bo‘lgan.

Balkim O‘zbekistonda ham internet nashrlariga pullik obuna tizimi bo‘lgani yaxshidir?

Balkim o‘shanda jurnalistlar rerayt, kopipast va tarjima emas, o‘zlarining haqiqiy vazifasi bilan mashg‘ul bo‘ladi. Balkim ushanda ular har kuni yangi reportajlar, intervyular  tayyorlashadi. Balkim o‘shanda internet nashrlari "klik"lar soni uchun emas, mushtariy ko‘ngli, mushtariy ishonchi va layoqati uchun kurashadi.

Mushtariy esa, o‘z navbatida sifatli va mazmunli kontent uchun pul to‘lashga rozi bo‘ladi. O‘zbekiston aholisi hozir bunday o‘zgarishlarga tayyor bo‘lmasada, kelajakda bunday kunlar kelishi aniq, chunki dunyo shunday yo‘ldan bormoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0