TOShKENT, 12-may — Sputnik. Ukraina Fan va ta’lim vaziri Liliya Grinevichning aytishicha, ayrim mamlakatlar to‘liq yoki qisman Ukraina tibbiy oliygohlari diplomlarini tan olishni to‘xtatganlar, deb xabar qildi RIA Novosti.
Grinevichning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatlar o‘zlarining bunday qarorlarini tibbiy oliygohlarga kirish ballining pastligi va internatura yo‘qligini bilan izohlaganlar.
"Shu bois, hozirda bu masalalarni hal etish uchun bizga qanday o‘zgarishlar kerakligini aniqlab olishimiz lozim. Biz tibbiyot oliygohlarida ta’lim tizimi sifatini to‘liq yaxshilashimiz darkor", — deb aytgan Grinevich.
Grinevich shuningdek, Ukrainada tibbiy ta’lim — chet ellik talabalarga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari orasida eng yuqori o‘rinlarda turishini qayd etgan. Mamlakatda tahsil olayotgan 64 mingdan ziyod talabalardan 40 %ga yaqini aynan tibbiy mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim olishlari ta’kidlangan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.