Qo‘riqlash boshqarmasi elektromontorlarni ishga taklif qiladi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishMontyor
Montyor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Elektromontorlarning oylik ish haqi, toifasiga qarab, 499 ming so‘mdan 656 ming so‘mgacha belgilangan bo‘lib, oylik maoshlari har oyning 20 sanasigacha beriladi. Shuningdek, moddiy rag‘batlantirishlar ham beriladi

TOShKENT, 16-may — Sputnik. Toshkent shahar IIBB huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasi tizimlariga elektromontorlar ishga taklif qilinadi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati.

Xabarda qayd etilishicha, bo‘sh ish joylariga 3, 4, 5 va 6-toifadagi elekromontorlar taklif qilinadi.

Militsiya xizmat mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Qo‘riqlash xizmati: O‘zbekistonda tez orada mashina o‘g‘irligiga chek qo‘yiladi
Elektromontorlarning oylik ish haqi, toifasiga qarab, 499.316 so‘mdan 656.373 so‘mgacha belgilangan bo‘lib, oylik maoshlari har oyning 20 sanasigacha beriladi. Shuningdek, moddiy rag‘batlantirishlar ham beriladi.

Alohida talablar: o‘rta-maxsus ma’lumot hamda qo‘riqlash va yong‘indan saqlash vositalari bilan ishlash borasidagi bilim.

Yashash manzili Toshkent shahridan 30 kilometr masofagacha bo‘lishi kerak. 

Murojaat uchun manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Qashqar mavzesi — 3 uy.

O‘zingizni qiziqtirgan savollar bo‘yicha 236-19-11 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0