Qo‘riqlash xizmati: O‘zbekistonda tez orada mashina o‘g‘irligiga chek qo‘yiladi

© StringerMilitsiya xizmat mashinasi
Militsiya xizmat mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda endilikda mashina o‘g‘irlab qochilgan taqdirda, avtomobildan tarqaladigan maxsus signallar orqali qo‘riqlash xizmati xodimlari o‘g‘rining harakatlanish joyini aniqlaydilar va zudlik bilan qo‘lga oladilar

TOShKENT, 12-may — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan joriy qilinishi rejalashtirilayotgan yangi qurilma aksariyat avtomobil haydovchilarida shubha-gumonlarni tug‘dirdi.

Avtomobil o‘g‘risi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek militsiyasi mashinalarga o‘g‘rilarga qarshi moslama o‘rnatishga kirishadi
Xabar ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilgach, internet foydalanuvchilari yangilikka nisbatan o‘z munosabatlarini birdirishga shoshildilar.

Jumladan, Jahongir Rahimjon o‘g‘li "O‘g‘riyam ahmoqmi…moslamani yo o‘chirib qo‘yadi yoki signal blokiratorni yoqib, avtomobilni bemalol "uxlatib" ketadi…", deya fikr bildirdi.

Avtomobil sohiblarini o‘ylantirayotgan bu savolga javob olish maqsadida Respublika Qo‘riqlash Bosh boshqarmasi bilan bog‘landik.

Qo‘riqlash xizmati xodimi ayni vaqtda ushbu muammo ustida ish olib borilayotganini ma’lum qildi.

"Elektron moslamani joriy qiladigan bo‘lsak, bunday muammo vujudga kelishini ham hisobga olganmiz. Ayni vaqtda bu ustida ish olib borilmoqda. Xizmat joriy qilingunga qadar siz aytgan muammo bartaraf etiladi", — deb ta’kidladi Qo‘riqlash boshqarmasi vakili.

Shunday ekan, avtomobil egalari ortiqcha tashvishlanishlariga hojat yo‘q.

Tulki tulkiligini qilguncha, terisi qo‘ldan qo‘lga o‘tar, degan maqol bor. Qo‘riqlash xizmati ham mudrayotgani yo‘q.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0