Jamiyat

Chegarada yashirincha olib oʻtilayotgan 12,5 kg oltin ushlandi

© Press-slujba Ministerstva Finansov RA / Kontrabanda zolota
Kontrabanda zolota - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston-Qirgʻiziston chegarasida toʻxtatilgan "Damas" avtomobili oʻrindigʻi ostidan va magnitola oʻrnatish joyidan 8 ta paket topildi. Paketlarda quyma va taqinchoq koʻrinishida boʻlgan 12,5 kg oltin boʻlgan.

TOSHKENT, 24 yanv — Sputnik. Milliy Xavfsizlik qoʻmitasi xodimlari Oʻzbekistondan katta miqdorda oltin va boshqa zargarlik buyumlari olib chiqib ketishni oldini oldi, deb xabar qilmoqda MXX matbuot markazi.

Namangan viloyatining "Zarkent" chegara nazorat punktida "Damas" avtomobili tekshirish uchun toʻxtatilgan edi. Namangan viloyati MXX xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tintuv natijasida avtomobil oʻrindigʻi ostidan va magnitola oʻrnatish joyidan 8 ta paket topildi. Paketlarda quyma va taqinchoq koʻrinishida boʻlgan 12,5 kg oltin topilgan. Avtomobil haydovchisi aytishiga qaraganda u ushbu  buyumlarni Qirgʻiziston chegarasida boshqa kishiga topshirishi kerak boʻlgan.

"Avtomobil haydovchisi, uch bolaning otasi, 67 yoshli Muhammadjon Xoʻjamberdiyev boʻlgan. U "Namangan — Nanay" yoʻnalishida kirakashlik bilan shugʻullangan. Maʼlum boʻlishicha, u anchadan beri qimmatbaho buyumlar kontrabandasi bilan shugʻulanayotgan ekan. U ushbu ish uchun buyurtmachilardan moʻmaygina mablagʻ olgan", — deyilgan MXX xabarida.  

Namangan viloyati MXX Tergov boshqarmasi ushbu ish yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatdi.

Yangiliklar lentasi
0