Toshkentda "Samarqand Darvoza" savdo majmuasiga "bomba" qo‘yishdi

© AP PhotoO‘zbek militsiyasi patrul mashinasi
O‘zbek militsiyasi patrul mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyatida yashovchi fuqarolardan biri shahar IIBB navbatchilik qismiga qo‘ng‘iroq qilib, Qoratosh ko‘chasida joylashgan "Samarqand Darvoza" savdo majmuasining 3-qavatiga ikki hijobli ayol portlovchi modda o‘rnatgani haqida xabar qilgan

TOShKENT, 16-may — Sputnik. Joriy yilning 14-may kuni soat 11:00da Shayxontoxur tumanida yashovchi bir fuqaro qo‘ng‘iroq qilib, Toshkentdagi "Samarqand Darvoza" savdo majmuasiga bomba qo‘yilgani haqida xabar qilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB rasmiy saytida xabar qilingan.

Militsiya patrul mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent militsiyasiga bir kunda 600dan ziyod murojaat kelib tushdi
Xabarda aytilishicha, Toshkent viloyatida yashovchi fuqaro N.I.Nurbekova (ismi va familiyasi o‘zgartirilgan) "102" xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, Qoratosh ko‘chasida joylashgan "Samarqand Darvoza" savdo majmuasining 3-qavatiga ikki noma’lum hijob o‘rangan ayollar portlovchi modda o‘rnatishgani haqida xabar qilgan.

Ushbu xabardan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va tuman mas’ul xodimlari, tergov-tezkor guruhlari hamda boshqa xizmatlar "Samarqand Darvoza" savdo majmuasi tomon yo‘l olishgan.

"Samarqand Darvoza" savdo majmuasidagi fuqarolar zudlik bilan xavfsiz joyga olib chiqilib, bino ko‘zdan kechirilgan.

Savdo majmuasida hech qanday portlovchi modda va boshqa shubhali narsalar aniqlanmagan.

O‘tkazilgan tezkor surishtiruv davomida, fuqaro N.I.Nurbekova ichki ishlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini chalg‘itib, yolg‘on habar berganligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0