"O‘zbekkino"dagi qator mas’ul rahbarlarga jiddiy intizomiy choralar ko‘rildi

Obuna bo‘lish
"O‘zbekkino" milliy agentligida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi

TOShKENT, 3-may — Sputnik. 1-may kuni "O‘zbekkino" Milliy agentligining 2017-yil 1-chorakdagi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi agentlik matbuot-xizmati.

Agentlik Bosh direktori Otabek Musayev raisligida o‘tgan yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimlari, tizimdagi korxona-tashkilotlar va hududiy bo‘limlarning rahbarlari qatnashishdi.

Yalmog‘iz kampirning sehrli uyi - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekkino" ilk to‘liqmetrajli multfilmni suratga olmoqda
Qayd etilishicha, yig‘ilishda, avvalo, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining muammo va kamchiliklarni agentlik tizimida kechiktirmasdan va tezkor bartaraf etish, ijro intizomiga so‘zsiz rioya qilish borasidagi vazifalar belgilab olingan.

O‘z lavozim majburiyatlariga sovuqqonlik bilan qaragan, ijro intizomiga rioya qilish borasida kamchiliklarga muntazam yo‘l qo‘ygan, joylarda davlat filmlarining targ‘ibotini amalga oshirish, aholiga kinonamoyishlarni tashkil qilish ishlariga sidqidilgan yondashmagan bir qator mas’ul rahbarlarga nisbatan jiddiy intizomiy choralar ko‘rilgan.

Shuningdek, O‘zbekistonda kinematografiya san’atini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish, ishlab chiqarilayotgan filmlarning badiiy-g‘oyaviy saviyasini oshirish, joylarda kinonamoyishlarni tashkil qilish, "O‘zbekfilm" AJ va "Ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi" MChJning bino-inshootlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish kabi ustuvor vazifalar kelishib olingan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0