O‘zbekiston "qora bozor"larida dollar narxi rekord natijani ko‘rsatmoqda

© Sputnik / Vladimir Sergeyev / Mediabankka o‘tishAQSh dollari
AQSh dollari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni kunda respublikadagi dollar oldi-sotdisi bilan noqonuniy shug‘ullanuvchi yirik tochkalarda bir dollar uchun 8 ming yoxud 8100 so‘mdan berilmoqda

TOShKENT, 15-may — Sputnik. O‘tgan dam olish kunlari O‘zbekiston "qora bozor"larida dollar navbatdagi shov-shuvli sakrashni amalga oshirdi. Bir AQSh dollari 8 ming so‘mdan ziyodga baholandi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Ayni kunda respublikadagi dollar oldi-sotdisi bilan noqonuniy  shug‘ullanuvchi yirik tochkalar bir AQSh dollarini 8 ming yoxud 8100 so‘mdan sotib olishmoqda. Dollar sotib olishni xohlovchilar esa bu narx ustiga yana 50 so‘m qo‘shib berishlari kerak bo‘ladi.

Dollar - Sputnik O‘zbekiston
Urgutda bir guruh valyutafurushlar qo‘lga olindi
"Valyutchiklar"ning so‘zlariga ko‘ra, dollarning bu ko‘rsatkichga yetganiga ancha vaqt bo‘lgan va bu joriy yil boshidan buyon eng yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilmoqda.

"Dollarning bunday sakrashni amalga oshirishi turli omillarga bog‘liq. Avvalombor, dollarga bo‘lgan talab aholining o‘zi tufayli kuchaymoqda. Ular valyutani ikki sabab tufayli xarid qilyaptilar:

ya’ni, oldinda ta’tillar mavsumi bo‘lgani uchun ko‘pchilik bunga hozirdan tayyorgarlik ko‘rib, dunyodagi eng keng tarqalgan valyuta — dollarni "qora bozor"dan borib xarid qilmoqda. Chunki valyutani banklardan olishning iloji yo‘q", — deb qayd etdi valyutafurushlardan biri.

Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, aholi so‘m o‘z qiymatini kelajakda yanada yo‘qotishidan xavfsiragani uchun ham ko‘proq dollar xarid qiladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0