Urgutda bir guruh valyutafurushlar qo‘lga olindi

© Sputnik / NewsTeamDollar
Dollar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand viloyati IIB xodimlari Urgut tumanida tezkor operatsiya o‘tkazib, bir guruh valyutafurushlarni qo‘lga oldilar

TOShKENT, 4-may — Sputnik. Samarqand viloyati IIB xodimlari tomonidan Urgut tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida bir guruh noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanayotgan shaxslar aniqlanib, ushlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

Mujchina schitayet dengi - Sputnik O‘zbekiston
Prokuratura valyutachilarni yoppasiga tekshirdi
"Guruh a’zolari bo‘lgan 1957-yilda tug‘ilgan Q.R, 1984-yilda tug‘ilgan O‘.R va 1988-yilda tug‘ilgan F.R lar o‘z jinoiy faoliyatlarini Urgut tumanining "Yangi kiyim kechak" bozori atrofida olib borgan. Lekin ularning "Kamangaron" qishlog‘ida noqonuniy valyuta ayirboshlash uchun qilgan harakatlari so‘ngisi bo‘lib qoladigan bo‘ldi", — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, ular Samarqand tumanida yashovchi fuqaroga Lasetti rusumli davlat belgisi bo‘lmagan avtomashina salonida 16 ming 500 AQSh dollarini 130 million 350 ming so‘mga noqonuniy ayirboshlab berishayotgan vaqtda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0