TOShKENT, 15-may — Sputnik. "TOShKENT" telekanalining Poytaxt dasturida shahar ko‘chalarida o‘rnatilgan videoqayd kameralari orqali aniqlangan, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini eng ko‘p buzayotgan, yuridik shaxslar nomlari e’lon qilindi.
Yo‘l harakati havfsizligi Bosh Boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, yo‘l harakati qoidalarini eng ko‘p buzayotgan yuridik shaxslarning birinchi uchtaligi quyidagicha:
3 o‘rinda — Toshkent shahar hokimiyatining ma’muriy binolaridan foydalanish direksiyasiga tegishli, davlat raqami 01 206 TBA bo‘lgan, Epica rusumli avtomobil jami 12-marta qoidani buzgan. Undan 5-martasi tezlikni oshirish va 7-martasi qizil chiroqqa o‘tib ketish. Ushbu qoidabuzarliklar uchun jami 2 845 725 so‘m jarima yozilgan.
2 o‘rinda — "Bilol myagkaya krovlya" MChJga tegishli bo‘lgan, davlat raqami 01 305 YDA bo‘lgan “Lacetti” avtomobili jami 13-marta qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan. Undan 11-martasi tezlikni oshirish va 2-martasi qizil chiroqqa o‘tib ketish. Ushbu qoidabuzarliklar uchun jami 2 845 725 so‘m jarima yozilgan.
1 o‘rinda – Chilonzor tumanidagi “Gold Air Travel” MChJga tegishli bo‘lgan, davlat raqami 01 216 WDA “Malibu” avtomobili 17-marta qoidabuzarlik amalga oshirgan. Undan 16tasi tezlikni oshirish va 1tasi qizil chiroqqa o‘tib ketish. Ushbu qoidabuzarliklar uchun jami 8 087 850 so‘m jarima chiptalai yozib berilgan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.