TOShKENT, 15-may — Sputnik. Yaponiyaning Toyota avtokonserni 2019-yilning yanvar oyiga kelib boshqariladigan uchar avtomobilni ishlab chiqarmoqchi, deb xabar qildi RIA Novosti NHK telekompaniyasi xabariga tayangan holda.
Qayd etilishicha, konsern uchar avtomobil ishlab chiqarishga uch yil davomida 42 million iyen (370 ming dollarga yaqin) mablag‘ ajratishni rejalashtirgan. Agar shu paytga qadar yaratuvchilar guruhi ushbu loyiha bilan mustaqil shug‘ullanishgan va kerakli mablag‘ni internet orqali to‘plashgan bo‘lsa, endilikda moliyaviy masala o‘z yechimini topdi deb hisoblash mumkin.
Xabarda aytilishicha, uchar avtomobil uchuvchisiz uchish qurilmalari-dronlarga o‘xshab, to‘rt tomondan sakkizta qanotlar bilan jihozlangan.
Konsern rejasiga ko‘ra, 2019-yilning yanvarida bortida odam bo‘lgan avtomobil o‘zining ilk parvozini amalga oshiradi, Tokioda bo‘lib o‘tadigan 2020-yilgi Olimpiada o‘yinlari vaqtida esa bu avtomobil olimpiya olovini yoqadi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.