GM Uzbekistan avtomobillarning eng ommabop ranglarini e’lon qildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishRAVON avtomobili
RAVON avtomobili - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
GM Uzbekistan ma’lumotiga ko‘ra, avtomashinalar orasida eng ommabop ranglar bu - oq tutun va to‘q qulrang avtomashinalardir

TOShKENT, 25 apr — Sputnik. O‘zbekistonliklar qaysi rangdagi mashinalarni ko‘proq afzal ko‘rishadi? Ushbu savolga mahalliy avtomobillarni ishlab chiqaruvchi GM Uzbekistan korxonasi javob berdi.

Partiya avtomobiley GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan 6 xil rangni ishlab chiqarish jarayonidan chiqardi
Korxona ma’lumotiga ko‘ra, GM Uzbekistan tomonidan 12 turdagi ranglarda avtomashinalar ishlab chiqariladi. 

Olti xildagi eng ommabop bo‘lgan avtomashina ranglari (oq tutun, to‘q kulrang, kumush rang, somon (sut) rangli, to‘q qulrang, qora) umumiy hajmining 97% ni tashkil etadi, deb yozadi Nuz.uz.   

Eslatib o‘tamiz, sal oldin GM standartlariga asosan, qolgan 3% teng ranglar ishlab chiqarishdan olinayotgani haqida xabar bergan edik. Shunga qaramasdan, mijozlarning talabini to‘liq qondirish uchun GM Uzbekistan korxonasi barcha turdagi ranglar mavjud. 

Shu bilan birga, kompaniyada yangi turdagi ranglar paydo bo‘layotganligi haqida ta’kidlab o‘tildi. Xususan, 2016-yil sentabr oyidan quyidagi yangi ranglar: sadaf jigarrang, qora, kulrang, qizil va ko‘k ranglari amaliyotga keng joriy etildi.

Yangiliklar lentasi
0