TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Kuni kecha Qirg‘izistonga uchib kelgan qozog‘istonlik ayol o‘zining ichki kiyimida oltin taqinchoqlarni olib o‘tishga harakat qilgan, deb xabar bermoqda Sputnik Qirg‘iziston nashri.
Qirg‘iziston respublikasi bojxona xizmati xodimlari Qozog‘istonlik uddaburro ayolni "Manas" aeroportida to‘xtatib qolishgan, deb yozadi nashr.
Xabarda aytilishicha, ayol Qirg‘izistonga Istanbuldan kelayotgan bo‘lgan.
"Qozog‘iston fuqarosining ichki kiyimida 328 gramm tillo taqinchoqlar yashiringan bo‘lgan, ular haqida bojxona xodimlariga aytilmagan", — deyiladi xabarda.
Ushbu ish bo‘yicha yig‘ilgan materiallar Qirg‘iziston Respublikasi Bosh prokuraturasiga oshirilganligi aytilgan.