Pekinda “Bitta belbog‘ – bitta yo‘l” xalqaro forumi ochildi

© Sputnik / Sergey Guneyev/POOL / Mediabankka o‘tishRabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v Kitay
Rabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v Kitay - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy poytaxtida ikki kunlik “Bitta belbog‘ – bitta yo‘l” oliy darajadagi xalqaro hamkorlik forumi ochildi. Unda 110 mamlakatdan 1200 vakil, jumladan 29 davlat rahbarlari ishtirok etmoqda.

TOShKENT, 14-maya — Sputnik. Forum dasturi ikki kunga bo‘lingan. Birinchi kun forum ochilish marosimidan tashqari umumiy plenar majlis hamda oltita paralel mavzuyiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Karavan idushiy cherez pustinyu - Sputnik O‘zbekiston
“Bitta belbog‘ – bitta yo‘l” forumi qanday maqsadni ko‘zlagan?

Forumning ikkinchi kunida, ya’ni 15-may kuni, ikki bosqichli davra suhbati bo‘lib o‘tadi. Davra suhbatlari “Yanxitsu” anjumanlar-markazida bo‘lib o‘tadi. Davra suhbatining ikki bosqichi orasidagi tanaffusda suratga tushish marosimi bo‘lib o‘tadi. Forum XXR raisi Si Szinpinning matbuot anjumani bilan yakunlanadi.

«Bitta belbog‘ — bitta yo‘l» xalqaro hamkorlik forumini Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin, Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ochishi oldindan e’lon qilingan edi.

«Bitta belbog‘ — bitta yo‘l» forumida 29 mamlakat rahbarlari ishtirok etmoqda. Ular orasida O‘zbekiston, Argentina, Belarus, Chili, Chexiya, Indoneziya, Qozog‘iston, Keniya, Laos, Filippin, Rossiya, Shveysariya, Turkiya, Vyetnam prezidentlari, Kamboja, Efiopiya, Fiji, Yunoniston, Vengriya, Italiya, Malayziya, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Polsha, Serbiya, Ispaniya, Shri-Lanka bosh vazirlari va Myanma davlat kotibi bor.

Yangiliklar lentasi
0