TOShKENT, 14-maya — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Pekinda Rajab Toyib Erdo‘g‘on bilan uchrashdi. O‘zbekiston prezidenti ushbu uchrashuv ikki mamlakat orasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay vaziyat ekanini ta’kidladi, O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabari asosida.
Mirziyoyev O‘zbekiston va Turkiya orasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, turizm va boshqa sohalarda sohasida hali ishlatilmagan ulkan imkoniyatlar salohiyati borligini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida 2016-yilning 18-noyabrida Samarqandda bo‘lib o‘tgan uchrashuvdagi shartnomalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. O‘zaro savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish, turizm infrastrukturasini zamonaviylashtirish, to‘qimachilik, teri mahsulotlari, kimyo, farmatsevtika sanoati hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohalaridagi loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda Xitoy poytaxtida “Bitta belbog‘ – bitta yo‘l” xalqaro hamkorlik forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 110 mamlakat vakillari, jumladan 29 mamlakat davlat rahbarlari ishtirok etmoqda.